Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi

0
153
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Prezidentimizning Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi roli va faol saʼy-harakatlari alohida qayd etildi.

Suhbatda davlat rahbarlari ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Oʻzaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytirish, faol gumanitar almashinuvlarni, jumladan, chegaradosh hududlar oʻrtasidagi aloqalarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.