Tokio-2020: Bokschimiz Elnur Abduraimov moʻgʻilistonlik raqibini magʻlub etib, keyingi bosqichga yoʻl oldi

0
59
marta koʻrilgan.

Sportning boks yoʻnalishida maydonga tushgan Elnur Abduraimov Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtirokini boshladi. Hamyurtimiz  moʻgʻilistonlik raqibini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Dastlabki raundda amaldagi Osiyo chempioni Chinzorig Batarsux ustunlikka erishdi. Qolgan raundda Abduraimov oʻz mahoratini koʻrsata oldi va yakunda kichik farq bilan gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa vakilimiz yaqinda BAAda oʻtgan Osiyo chempionatidagi final uchun munosib revansh olish bilan birga, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.