Tokio-2020: dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov aralash jamoaviy yoʻnalishda ishtirok etishi mumkin.

0
113
marta koʻrilgan.

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining navbatdagi kuni boshlandi. Hamyurtlarimiz orasida birinchilardan boʻlib dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov oʻz bellashuvini oʻtkazdi.

-100 kg vazn toifasida kurashayotgan vakilimizga dastlabki bosqichda irlandiyalik Benjamin Fletcher raqiblik qildi. Bellashuvda oʻzining yaqqol ustunligini namoyish etgan Xurramov vazari bahosi bilan bahs taqdirini oʻz foydasiga hal qildi.

Muhammadkarim Xurramov  keyingi bosqichda yaponiyalik jahon chempioni Aron Volfga qarshi tatamiga chiqdi. Bellashuv davomida yapon dzyudochisi oʻzining texnik tomondan kuchli ekanini koʻrsatdi va ippon bahosi bilan gʻalaba qozonib, chorak finalga yoʻl oldi.

Endi vakilimiz aralash jamoaviy yoʻnalishda ishtirok etishi mumkin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.