Ayni kunlarda barcha sportsevarlarning nigohi Olimpiya oʻyinlarida. Hamyurtlarimiz Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining 5-kun bellashuvlarini boshlashdi. Unda dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova ishonchli gʻalabaga erishdi.
-70 kg vazn toifasida kurashayotgan vakilamiz chadlik Demos Memnuloumga qarshi tatamiga chiqib, oʻz gʻalabasini tantana qildi.
Ikkinchi davrada Gulnozani ancha jiddiy raqib kutib turibdi. Unda Matniyazova niderlandiyalik Sanne van Diykega qarshi bahs olib boradi.
Gulnozaga omad tilab qolamiz.
gujum.uz