Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov oilasi bilan Prezident sovgʻa qilgan xonadonga tashrif buyurdi

0
455
marta koʻrilgan.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlariga ularni kutib olish marosimida  Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sovgʻa qilingan mashina va xonadonlar kaliti topshirilgan edi. Bugun dzyudo boʻyicha Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov oilasi bilan yurtboshimiz tomonidan sovgʻa qilingan «Trailblazer» avtomobilida ikkinchi mukofot – yangi xonadoniga tashrif buyurdi.

 Bobonovlar oilasi ushbu sovgʻalardan juda ham xursand va kayfiyatlari aʼlo boʻlib, yanada ulugʻvor dovonlar masʼuliyatini his etishmoqda. Ular taassurotlari bilan oʻrtoqlashar ekan, koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun Prezidentimizga oʻzlarining tashakkurlarini aytishdi.

“Olimpiya oʻyinlarida sportchilar oʻz yurti, nomi, oilasi sharafini himoya qiladi. Mening vatanim uchun koʻrsatgan kichik xizmatim mana shunday baholanganidan juda ham baxtiyorman. Kelgusi Olimpiya oʻyinlarida bu menga juda katta motivatsiya beradi”, – dedi Olimpiada sovrindori Davlat Bobonov. Ayniqsa, ushbu eʼtibor oilaning kichik farzandi uchun katta maʼnaviy — maʼrifiy maktab boʻldi.

Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sohiblariga poytaxtimizda qad rostlayotgan “Greenpark” kompleksidan 2 xonali uy sovgʻa qilindi.

GUJUM.UZ tahririyati ham  yurtimizni sharaflagan chempionni yutuqlar bilan qutlaydi. Uylaringizda toʻylar boʻlsin,  deya tilaklar bildirib qoladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.