Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida 

0
115
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirish, xalqimiz oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qoʻshayotgan ulkan hissasi, ayniqsa, hozirgi murakkab pandemiya davrida yuzaga kelgan sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijalarga erishgani, Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy gʻurur va iftixor tuygʻulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun:
1. Quyidagilar mukofotlansin:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli    —    Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

«Oʻzbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

Djurayev Akbar Xusnidilla oʻgʻli    —    Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Rashitov Ulugʻbek Ismatullayevich    —    Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi» 
faxriy unvoni bilan

Abduraxmonov Bekzod Maxamadjanovich    —    Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Bobonov Davlat Husniddin oʻgʻli    —    Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi» 
faxriy unvoni bilan

Abduraxmanov Muzaffar Maxamadjonovich    —    Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Kabinov Istam Ashurovich    —    Buxoro viloyati Kogon shahar bolalar va oʻsmirlar sport maktabi boks boʻyicha murabbiysi

Qilichev Farruh Komilovich    —    Toshkent viloyati Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boks boʻlimi bosh murabbiysi

Qobulov Nurali Oʻktamovich    —    Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich    —    Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ogʻir atletika boʻyicha murabbiysi

Rasulov Elshod Yunusovich    —    Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Xan Pavel Afanasyevich    —    Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Chusovitina Oksana Aleksandrovna    —    Gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

I darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan

Zoirov Shaxobidin Shokirovich    —    Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Qilichev Toʻlkin Maxmurovich    —    Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi 

Maxmudov Shaxrillo Sharipovich    —    Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

«Doʻstlik» ordeni bilan

Kamilov Azizjon Yakubjanovich     —    Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi

Nazlimov Vladimir Aliverovich    —    Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Polatov Saken Djetibayevich    —    Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari

Sayidov Ramziddin Beshimovich    —    Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Tashmatov Sherzod Rixsibayevich    —    Oʻzbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi

«Jasorat» medali bilan

Dayibekova Zaynab Kazbekovna    —    Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim oʻgʻli    —    Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi 

Raximova Tursunoy Farxod qizi    —    Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abduraximov Rasuljon Shuxrat oʻgʻli    —    Gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Voronina Yekaterina Aleksandrovna    —    Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Zokirova Nilufar Obidjon qizi    —    Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi    —    Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Qodirova Rayhona Yusuf qizi    —    Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Nabiyeva Muattar Abdullajon qizi    —    Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Rafalovich Nikita Igorevich    —    Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Raxmatova Dilnoza Bakir qizi    —    Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Sadullayeva Safina Erkinovna    —    Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Toxirova Muhtasar Jahongir qizi    —    Oʻq otish boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

«Shuhrat» medali bilan

Alimova Dilrabo Axmadjonovna    —    Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanali «Ijtimoiy-huquqiy va sport dasturlari» muharririyati sport boʻlimi mudiri

Kayumov Aziz Ilxamovich    —    Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi shifokori

Mirzadiyarov Rustam Islamovich    —    Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiysi

Muslimov Obiddin     —    Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi manual terapiya boʻyicha mutaxassisi

Rasulov Komiljon Kuddusovich    —    Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi shifokori

Ergashev Adxamjon Abdullajon oʻgʻli    —    Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Yulchiyev Sunnatulla Tuychibayevich    —    Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi sport tibbiyoti boʻlimi shifokori 

Yunusov Masʼudjon Alimdjonovich    —    Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori

2. Vazirlar Mahkamasi Olimpiya oʻyinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarga belgilangan tartibda ilovaga muvofiq pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh.Mirziyoyev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.