Tokio: Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 138-Sessiyasida 2032 yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari mezboni aniqlandi

0
105
marta koʻrilgan.

Tokio shahrida start olayotgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlaridan avval Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 138-Sessiyasi oʻz ishini olib bormoqda. Biroz avval unda 2032 yilgi XXXV yozgi Olimpiya oʻyinlarining mezbon shahri maʼlum qilindi.

Delegatlarning koʻp sonli ovozi bilan Avstraliyaning Brisben shahri 2032 yil boʻlib oʻtadigan XXXV yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini qabul qiladigan boʻldi. Bu yoʻlda Indoneziya, Hindiston va Qatar kabi davlatlarning shaharlari raqobat olib borishdi.

Eslatib oʻtamiz, Avstraliya oʻz tarixida bungacha 2 bor (Melburn-1956 va Sidney-2000) Olimpiya oʻyinlarini qabul qilgan. Tokio va Brisben shaharlari orasidagi Olimpiya oʻyinlari 2024 yil Parij va 2028 yil Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi.

Gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.