Poytaxtimizda “Toshkent – Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining birinchi yoshlar poytaxti” keng koʻlamli forumining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda ishtirok etgan xorijiy delegatsiya aʼzolarining birinchi manzili “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi boʻldi. Mehmonlar “Yangi Oʻzbekiston” monumenti poyiga gul qoʻyib, bogʻ hududida daraxt koʻchatlarini ekdilar.
Soʻngra tadbir uchun maxsus bunyod etilgan “Toshkent – MDH yoshlar poytaxti monumenti” ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova hamda xorijiy delegatsiya rahbarlari ishtirok etdi.
Ayni vaqtda Yoshlar ijod saroyi loyiha doirasidagi taqdimotlar, texnologik koʻrgazma, hunarmandchilik va tadbirkorlik koʻrgazmalariga mezbonlik qilmoqda. Ikki kunlik forum doirasida MDHga aʼzo davlatlarning yoshlar jamoat tashkilotlari bir qator yoʻnalishlar boʻyicha panel sessiyalarida muhokamalarni oʻtkazadilar.
Qayd etish lozim, 2022-yil turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yili” va Buxoro shahri Birinchi turkiy dunyo Yoshlar tashabbuslari poytaxti deb eʼlon qilingan edi. 2024-yilda esa Toshkentni MDH davlatlari yoshlar poytaxti deb eʼlon qilinishi, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtiborning yuksak samarasidir.
gujum.uz