Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻlining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda halok boʻlgan beshinchi fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va uning shaxsi aniqlandi:
1.I.Raxmatov– 1996 yilda tugʻilgan.
Hodisa sabablari va oqibatlarini oʻrganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.
Hukumat komissiyasi tomonidan jabrlanganlar va ularning oila aʼzolariga barcha zarur moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatiladi.
OʻzA