Toshkent hokimligi uyi buzilayotganlarga kompensatsiya sifatida uy-joy qurilishi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar uylaridan taqdim etadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi telegramdagi kanalida maʼlum qilgan.
Uyi buzilishga tushgan xonadon egalariga uy-joylarning joyi, taʼmiri hamda boshqa xususiyatlari boʻyicha tanlov imkoniyatini taqdim etiladi. Bu tadbir buzilishlar natijasida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan noqulayliklar va eʼtirozlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.