Toshkent shahar “Bilim” Axborot kutubxona markazi gʻoliblar safida

0
748
marta koʻrilgan.

“Infolib Uzbekistan” VII Milliy axborot –kutubxona haftaligi yakunida «EBSCO AWARDS UZBEKISTAN» elektron ilmiy-taʼlim resurslarning faol foydalanuvchilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Fanlar akademiyasi vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻrta Osiyo respublikalarining vazirliklari tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari direktorlari ishtirok etishdi.

Toshkent shahar “Bilim” Axborot kutubxona markazi ham Gʻoliblar safidan oʻrin oldi.

 Muassasa “EBSCO AWARDS UZBEKISTAN ilmiy maʼlumotlar bazasidan ilmiy-taʼlimiy maqsadda foydalanishni tashkil etgan eng faol tashkilotchi” yoʻnalishidagi gʻoliblik diplomi bilan taqdirlandi.

 

Hofiza Karimova,

Toshkent shahar “Bilim” Axborot kutubxolna markazi direktori

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.