8 mart – xalqaro xotin-qizlar bayram arafasida poytaxt hokimligida “Moʻtabar ayol”koʻkrak nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu mukofot bilan Toshkent shahri va tumanlaridan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga hissa qoʻshgan 14 nafar xotin-qizlar taqdirlandilar.
Toshkent shahar xokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev mazkur yuksak mukofotni topshirar ekan, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etishda ibratli faoliyat olib borayotgan aziz va muqaddas ayollar, xotin-qizlarning faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi.