Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining beshinchi majlisi

0
147
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar hokimiyatining majlislar zalida  Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari faoliyatini reyting baholash komissiyasi aʼzosi  Eldor Tulyakov olib bordi.

Yigʻilishda Ochiqlik indeksi natijalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ochiqligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokamasi yuzasidan Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari — Aleksey Xenning hisoboti tinglandi. U oʻz hisobotida  xalqning murojaatlariga boʻlgan eʼtiborni va uning bajarilishini aks etiruvchi  dastur  ishlab chiqilib  shahar sayti va ijtimoiy tarmoqlarga ham joylashtirilgani va jamoatchilik kuzatib borish mumkinligini tushuntirib berdi:

– Jumladan, Toshkent shahar hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini  oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-son farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilib, davlat idorasining rasmiy manbasida ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning 2023 yilning birinchi choragidagi tahlilida bir necha yoʻnalishlarda kamchiliklar kuzatilgan. Oʻtgan vaqt mobaynida mazkur kamchiliklar ustida ishlandi. Xulosalarga koʻra, data.egov.uz 27 turdagi va Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-sayti www.tashkent.uz  72 turdagi ochiq maʼlumotlar joylashtirilib yangilanib borildi, – deya izohladi.

 Darhaqiqat, mamlakatimiz uchun yangilik boʻlgan ushbu dastur nafaqat jamoatchilik fikrini eʼtiborga oluvchi, balki, uning natijalarini ham ifodalovchi, ogohlikka daʼvat etuvchi xabarnoma boʻlib  korrupsiyani oldini olishga ham munosib hissa qoʻshadi, deya ishonamiz. Jamoatchilikning fikrini  ifodalavchi ushbu dastur yanada mukammallashib boraveradi , deya ezguliklar tilab qolamiz.

Yigʻilish kun tartibidagi ikkinchi masalasida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi, Xalq bankining  Toshkent shahar filiali, “Ozsanoatqupilishbanq” Toshkent shahar mintaqaviy filiali hamda “Infin bank” Toshkent shahar boshqarmasi rahbarlarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hisobotlari tinglandi.

Ular maʼruzalarida barcha banklarning  tegishli boʻlim xodimlariga markazlashgan holda “Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish” mavzusida seminarlar oʻtkazilayotganligini taʼkidlashdi.

Shuningdek, hudud banklaridagi barcha boʻsh ish oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banklarning veb saytida nomzodga nisbatan belgilangan talablarni aniq koʻrsatgan holda joylashtirilganligi va  joriy yil bugunigacha 8 375 nafar nomzodlar bari tanlovlar asosida videokuzatuv ostida amalga oshirilib, 2 341 nafar xodimlar banklarga ishga qabul qilinganligini taʼkidlashdi.

Muhokamalar davomida esa banklar sohasida aniqlangan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Ularning sabab va oqibatlari tahlil qilindi. Bu illatga qarshi kurashish ishlarini yanada kuchaytirish, ayniqsa kreditlar ajratish borasidagi kamchilik va nuqsonlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida  taklif va tavsiyalar bildirildi.

Gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.