Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi 9-yigʻilishi

0
151
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi 9-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ushbu yigʻilishni Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining masʼul kotibi Qosimov Abdumavlon Nasirovich olib bordi.

Yigʻilish davomida 4 ta masala koʻrib chiqildi. Xususan, Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha Toshkent shahar sudi raisi — Xodjaqulov Erkin Gʻaubullayevich soʻzga chiqdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish hamda hududiy kengash yigʻilishida muhokama qilish toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha  Toshkent shahar IIBB YHXB rahbari oʻrinbosari Tursunxoʻdjayev Valixoʻja Alixodjayevich sharhi eshitildi.

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha “Yoshlar daftari”ga oid amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻribosari majmuasining bosh mutaxasisi Artikbayev Norbek Maqsudjonovich gapirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyat yuzasidan har oyda mahalliy davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish hamda aniqlangan holatlar yuzasidan soha mutasaddilariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha takliflar kiritib borish toʻgʻrisida Toshkent shahar hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi  Turdiqulov Shuxrat Hudoyqulovichning axboroti tinglandi.

Yigʻilish  qizgʻin va muhokamalarga boy tarzda oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.