Toshkent shahar va Sergeli tuman Xalq deputatlari Kengashi deputatlari H. Qoʻchqarova, J.Mirzayev hamda «LIGHT WAY» masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari F.Ergashev Sergeli tumani Markaziy koʻp tarmoqli poliklinika shifokorlariga karantin davrida zarur boʻlayotgan maxsus tibbiy anjomlarni yetkazib berishdi.
Sanitariya-gigiyena holatlariga rioya qilib, xalqimizga har tomonlama xizmat koʻrsatayotgan shifokorlarimizni biz tadbirkorlar ham imkon qadar qoʻllab-quvvatlashga harakat qilib kelmoqdamiz, oʻzimizni korxonamizda tayyorlanayotgan tibbiyot mahsulotlarini oʻz vaqtida yetkazib bermoqdamiz deydi — «LIGHT WAY» MCHJ rahbari F.Ergashev.
OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi, Toshkent shahar va Sergeli tuman Xalq deputatlari Kengashi tomonidan “Kuch — birlikda” shioriga amal qilgan holda manzilli ishlar tashkil etilgan, koʻp tarmoqli poliklinikamizga zarur boʻlgan tibbiyot anjomlari maxsus kombinzonlar, bosh kiyim, polietelen baxilla, qoʻlqop va maskalar yetkazdi. Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati H. Qoʻchqarova.
Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori M.Abdullayeva olib kelingan tibbiyot jihozlari juda ham zarur ekanligini taʼkidlab, oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Maʼlumki, Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi bir guruh tashabbuskor deputatlari tomonidan «Hamjihat» loyihasi doirasida «LIGHT WAY» MCHJ hamkorligida shahrimizning Olmazor tumanida joylashgan tibbiy muassasalarga 10 ming dona polietelen baxilla va 5 ming dona maxsus tibbiyot bosh kiyimlarini maxsus tibbiy yordam mashinasida yetkazib berilgan.
Hayotxon QOʻChQAROVA, Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati