Toshkent shahrida bir yilda 638 ta koʻp qavatli uy quriladi

0
166
views

Uzoq yillar davomida Toshkent shahrida koʻp qavatli uylar qurilmagani oqibatida aholi orasida uy-joyga boʻlgan ehtiyoj ortib ketgan, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.  

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017 yildan boshlab mamlakatimizning barcha shaharlarida turar-joyga muhtoj oilalar uchun arzon va har tomonlama qulay uy-joylar qurish boshlandi. Jumladan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida oʻtgan yili 102 ta koʻp qavatli arzon uylar qurilib, 4 ming 88 ta oila oʻz uyiga ega boʻldi.

Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta koʻp qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334 tasi arzon uy-joylar boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 3 barobar koʻpdir.

Jumladan, Sergeli tumani “Choshtepa” mahalla fuqarolar yigʻini hududida chet ellik investorlar ishtirokida 72 ta 7 qavatli uy qurilishi boshlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur uylar loyihasi bilan tanishdi. 

«Toshkentda hech qachon bir yilda 638 ta koʻp qavatli uy qurmaganmiz. Bitta mavzeda 72 ta 7 qavatli uy rejalashtirmaganmiz. Bu poytaxtimizdagi bunyodkorlik, xalqimiz talabini qondirish yoʻlidagi ishlarimiz miqyosidan bir dalolat. Tasavvur qilinglar, bu uylar qancha odamlarga ishonch, qancha oilalarga fayz-baraka olib keladi» dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari uylar qurishning zamonaviy yutuqlarini oʻzlashtirish, bunday uylarni boshqa joylarda ham loyihalashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here