Toshkent shahrida bolalarni maktabga onlayn qabul qilish pilot loyihasi amalga oshiriladi

0
313
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston xalq taʼlimi vazirligi BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda davlat xizmatlarini sifatini va shaffofligini oshirish maqsadida bolalarni maktabga qabul qilish jarayonini raqamli transformatsiyasi loyihasini amalga oshirishni boshladi, deya xabar beriladi Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi saytida.

Loyiha maktablarga amaldagi bolalarni qabul jarayoni va uning kamchiliklarini oʻrganish, maʼmuriy jarayonlarni takomillashtirish, hamda xizmat koʻrsatish jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish koʻzda tutilgan.

Ushbu loyiha Oʻzbekiston Prezidentining 2018 yil senyabr oyida qabul qilingan “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmoni ijrosini taʼminlash doirasida amalga oshirilmoqda. Hujjat asosida 2019 yil 1 martdan boshlab davlat umumtaʼlim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etish koʻzda tutilgan.

 Xalq taʼlimi sohasida AKTni rivojlantirish markazida maktab direktorlari ishtirokida oraliq natijalarining muhokamasi boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida bolalarni maktabga qabul jarayonining yangi modeli taqdim etildi. Yangi model xizmat ommabopliligi korrupsion omillarni kamaytirish imkoniyatini yaratadi.

Uchrashuv davomida ota-onalar va vasiylar bolalarni maktabga joylash jarayonida duch kelayotgan qiyinchiliklar muhokama etildi. Asosiy kamchiliklardan biri bu qabul jarayonining shaffof emasligidir, yaʼni ota-onalarda jarayon haqida, uning muddatlari, kerakli hujjatlar, mikroxududlar sxemalari haqida maʼlumotlari yoʻq. Baʼzi qabul jarayonlari – suhbat yoki tibbiy maʼlumotnoma – normativ-huquqiy hujjatlarda oʻz aksini topmagan. Ota-onalar tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan arizani qisqa vaqt topshirilishi kerakligi ham savollar uygʻotadi. Shu bilan birga taqdim etilishi kerak boʻlgan hujjatlar sonini qisqartirish kerak.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida loyihaning ishchi guruhi amaldagi bolalarni maktabga qabul qilish jarayonini va xalqaro tajribani oʻrgandi hamda ushbu xizmatni koʻrsatishning yangi modelini ishlab chiqdi. Mutaxassislar ota-onalarni qabul jarayoni va uning reglamenti, mikrohududlarni belgilash va tasdiqlash huquqini hududiy xalq taʼlim boshqarmalariga hamda maktab yoshidagi bolalarni roʻyxatga olishni esa mahalla organlariga topshirishni taklif etdilar. Mahallalar maʼlum bir mikrohududlarda yashovchi bolalar sonini aniqlaydilar. Ekspertlar normativ-huquqiy baza, axborot tizimlarini tayyorlash va bolalarni maktabga qabul qilish uchun kerak boʻladigan hujjatlarni yigʻish muddatlarini qayta koʻrib chiqish taklifini berdilar.

Ishlab chiqilgan “Bolalarni davlat umumtaʼlim muassasalariga qabul” maʼmuriy reglamentiga koʻra, 2019 yilning 1 martdan boshlab davlat umumtaʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Birinchi bosqichda yangi qabul modeli Toshkent shahridagi 81 maktabda joriy etiladi. Keyinchalik yangi mexanizm Toshkent va mamlakatimizning barcha viloyat maktablarida ham joriy etiladi.

Bolalarni maktabga qabul xizmatini raqamlashtirish natijasida qabul uchun amalga oshirish kerak boʻlgan qadamlar oltitadan toʻrtta qadamgacha qisqaradi. Shu bilan birga taqdim etilishi kerak boʻlgan hujjatlar kamayadi. Xizmat aholi uchun sodda va qulay boʻladi. Loyiha amalga oshirilishi taqdim etilayotgan xizmat sifatini va ommabopligini, aholining xalq taʼlimi tizimiga ishonchining oshishiga, hamda korrupsion omillarni kamaytirishga olib kelishi lozim.

Uchrashuv doirasida ishtirokchilar paydo boʻlishi mumkin xavflar va cheklovlarni hamda bolalarni maktabga qabulini takomillashtirish boʻyicha loyihani amalga oshirish boʻyicha keyingi amaliy qadamlarni muhokama etdilar.

Mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD) ning hamkorlikdagi “Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishda koʻmaklashish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Xizmatning raqamli transformatsiyasi boʻyicha ishchi guruh tarkibiga Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va BMT TD vakillari jalb etilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.