Toshkent shahrida Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida

0
152
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. 
 
Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda AQSHning Vebster universitetining  markazi tashkil etilib, taʼlim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab amalga oshiriladi.
 
Markazda oʻqitish kunduzgi taʼlim shaklida, toʻlov-kontrakt asosida, ingliz tilida, jumladan, elektron taʼlim va masofaviy taʼlim texnologiyalarini qoʻllagan holda Universitet tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalar va dasturlar asosida amalga oshiriladi.
 
Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 13-uyda joylashgan Toshkent arxitektura-qurilish institutining bino va inshootlari hamda unga tutash hudud operativ boshqaruv huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga oʻtkaziladi hamda keyinchalik bepul foydalanish uchun belgilangan tartibda Markazga beriladi.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.