Toshkent shahrida yana oʻn beshta koʻprik quriladi

0
169
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani Bunyodkor va Choʻponota koʻchalari kesishmasida bunyod etilayotgan yoʻl oʻtkazgichni koʻzdan kechirdi.

Ushbu yoʻl oʻtkazgichning umumiy uzunligi 676 metr, kengligi 24 metrdan ziyod boʻladi. Transportlar 6 qatorda harakatlanadi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Koʻprik qurilish tresti” korxonasi tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yakunlanish arafasida. Bugungi kunda ustunlarga temir-beton plitalar yotqizilib, yoʻlgacha boʻlgan oraliq shagʻal bilan toʻldirilmoqda. Har biri 124 metr boʻlgan ikkita piyodalar estakadasi qurilishi davom etmoqda.

Shu yerda yangi koʻpriklar qurish, mavjudlarini taʼmirlash va ekspluatatsiya qilish borasidagi ishlar taqdimoti oʻtkazildi. Toshkent shahrida yana oʻn beshta joyda yoʻl oʻtkazgichlar qurilishi maʼlum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi barcha koʻpriklarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, ularni saqlash va rejali taʼmirlash zarurligini taʼkidladi. Shu maqsadda koʻpriklarni ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanadigan tizim yaratish, bunga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash va zamonaviy qurilish materiallarini oʻzlashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.