Toshkent shahrida yoʻl infratuzilmasini tartibga keltirish rejalari koʻrib chiqildi

0
45
marta koʻrilgan.

Avtotransport vositlarini roʻyxatga olish va diagnostika markaziga tashrif chogʻida Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahridagi gavjum chorrahalar va koʻchalarni tartibga solish, bu orqali tirbandliklarni bartaraf etishga oid loyiha taqdimot qilindi.

Loyiha oʻz oldiga uchta asosiy vazifa qoʻygan — piyodalar xavfsizligi va qulayligi, jamoat transportiga ustuvorlik, oʻtkazish qobiliyatini oshirish va yoʻl transport hodisalari sonini kamaytirish.

Mazkur loyiha sinov tariqasida Toshkent shahridagi yirik chorrahada — Bobur va Furqat koʻchalari kesishmasida amalga oshirildi.

Piyodalar uchun chorrahada “xavfsizlik orolchalari” bunyod etildi, piyodalar oʻtish joyida svetoforni boshqarish uskunalari oʻrnatildi. Jamoat transporti bekatlari yoʻlovchilar uchun tushib chiqishga qulay tarzda qayta loyihalashtirildi.

Shuningdek, chorrahaga davomiyligi oqimga qarab moslashadigan intellektual svetoforlar tizimi tashkil etildi.

Bu kabi loyihalar natijasida chorrahalarning oʻtkazish qobiliyati sezilarli darajada oshib, tirbandliklar kamayadi, jamoat transporti yanada samarali boʻladi.

Prezidentimiz bu ishlarni kengaytirish, “shahar – piyodalar uchun” tamoyilini toʻliq roʻyobga chiqarish boʻyicha mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.