Toshkent shahrida yoʻlovchi transporti qulayligi yanada oshiriladi

0
142
marta koʻrilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Bugun poytaxtimiz ulkan qurilishlar maydoniga aylangan. Yangidan-yangi inshootlar, korxonalar, tibbiyot va taʼlim muassasalari, ravon yoʻllar, koʻpriklar barpo etilmoqda. Xususan, Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining ikkinchi bosqichi qurilmoqda.

Davlatimiz rahbari Yunusobod tumanida boʻlib, bu yerdagi qurilish ishlari bilan tanishdi.

Metroning tonneli asosini yaratish maqsadida 305 metrda beton ishlari bajarilgan va 330 ta yigʻma temir-beton konstruksiyalari oʻrnatilgan. Qurilishga 200 dan ortiq ishchi va muhandis jalb etilgan. Germaniya va Xitoydan zamonaviy texnika va mexanizmlar keltirilgan. Uzunligi 2,9 kilometrni tashkil etadigan ushbu yoʻnalishni 2019 yilda foydalanishga topshirish moʻljallangan.

Davlatimiz rahbari qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi.

Barcha saʼy-harakatlardan maqsad odamlarga qulaylik yaratish, dedi Shavkat Mirziyoyev. Metropoliten va avtobuslar hamohangligini taʼminlash, bekatlarda yoʻlovchilar toʻplanishini va harakatini monitoring qilish, tahlilllar asosida yoʻnalishlarni optimallashtirish, bu boʻyicha har kuni ish olib borish zarur. Yoʻlovchilarni koʻpaytirish hisobidan yoʻl kirani arzonlashtirish choralarini koʻrish kerak.

Shu yerda poytaxtimizda qurilayotgan yer usti metrosi boʻyicha axborot berildi. Prezidentimiz ushbu metro qurilishini takomillashtirish, ilm asosida materiallar vaznini yengillashtirish, metro yoʻli ostidagi hududni obodonlashtirish, qoʻshimcha xizmatlarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.