Toshkent viloyati uchun 784 ta investitsiya loyihasidan iborat yangi dastur shakllantirilgan

0
83
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi korxonalar va ish oʻrinlari yaratish boʻyicha dolzarb vazifalarni belgilab berdi. 

2019-2020 yillar uchun umumiy qiymati 39 trillion 833 milliard soʻm (4,7 milliard dollar) boʻlgan 784 ta investitsiya loyihasidan iborat yangi hududiy dastur shakllantirilgani qayd etildi. Ularning 15 tasi davlat ahamiyatiga ega yirik loyiha boʻlsa, 769 tasi xususiy biznes va investorlar ishtirokida amalga oshiriladi. 

Roʻyxatdan oʻtgan kichik biznes subyektlarining 17 foizi ishlamayotgani, Angren shahri va Chinoz tumanida bu koʻrsatkich 30-33 foizni tashkil etishi tanqid qilindi. Ularning faoliyatini tiklash, oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan oilalarga «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida joriy yilda 350 milliard soʻm imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha topshiriq berildi. Talab boʻlsa, yana qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi.

— Nima uchun oilaviy tadbirkorlik, uylarda parrandachilik, chorvachilik, tomorqachilik boʻlsin deyapmiz. Odamlarning daromadi oshishi, toʻlov qobiliyati yuqori boʻlishi kerak, — dedi davlatimiz rahbari.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.