Toshkent xalqaro investitsiya forumi istiqbolli loyihalarning taqdimot maydoni boʻladi

0
73
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ushbu forum 24-26 mart kunlariga rejalashtirilgan boʻlib, unda xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar, 56 ta davlatdan 1 ming 500 nafardan ziyod yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashishi kutilmoqda. Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo tarraqiyot banki prezidentlari, vazirlar, yirik korporatsiya va kompaniyalar rahbarlari ishtirok etadi.

Forum doirasida yalpi majlis va shoʻba majlislari, davra suhbatlari, taqdimotlar, brifinglar kabi 40 dan ortiq tadbirlar koʻzda tutilgan.

Mazkur anjuman mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur boʻlgan istiqbolli loyihalarning taqdimot platformasi boʻlib xizmat qiladi. Yurtimizdagi imkoniyatlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar va jozibador yoʻnalishlar tanishtiriladi.

Yigʻilishda forumga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida axborot berildi.

Davlatimiz rahbari bunday investitsiya forumi Oʻzbekistonda birinchi marta oʻtkazilayotganiga eʼtibor qaratib, uni yuqori darajada tashkillashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Mamlakatimizning xalqaro biznes hamjamiyatiga ochiqligini namoyish etish, har bir tarmoq va hududning investitsion salohiyatini koʻrsatish zarurligi taʼkidlandi. Yirik loyihalarga ilgʻor texnologiyalar va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha aniq natijalarga erishish vazifasi qoʻyildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.