Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida poytaxtimizdagi Ashxobod sayilgohi ochildi.
Maxtumquli koʻchasida barpo etilgan mazkur park 10 gektardan ortiq maydonni egallagan. Sayilgoh oldida va hududida favvoralar qurilgan. Turkmanistonning ramzi boʻlgan axalteki otlarining haykallari oʻrnatilgan. Zamonaviy attraksionlar, xushmanzara daraxtlar, oʻrindiqlar, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shaxobchalari aholining mazmunli dam olishi uchun qulay sharoit yaratgan.
Davlat rahbarlari sayilgohni koʻzdan kechirdi. Turkmaniston Prezidenti oʻzini Ashxobodda yurganday his qilganini taʼkidladi.
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov boqqa daraxt koʻchatlari oʻtqazdi.
Turkmaniston Prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi davom etmoqda.