Toshkentda kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda

0
841
marta koʻrilgan.

Toshkentda kamondan otish boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari va qoʻshimcha imtihonlarsiz kirish huquqini beruvchi Oʻzbekiston chempionati boshlandi. 15 mayga qadar davom etadigan musobaqada Respublikamizning 3 ta viloyat va Toshkent shahridan 20 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

Taʼkidlash joiz, mazkur chempionatda Turkiyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinida boʻlgan asosiy terma jamoaning baʼzi vakillarini ham koʻrish mumkin. Musobaqa orqali terma jamoa murabbiylari asosiy tarkibga nomzod boʻlgan mergan sportchilarni ham koʻzdan kechirib olish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Chempionat yakuniga yetgach asosiy terma jamoamiz 20-26 may kunlari Antalya shahrida oʻtadigan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun Turkiyaga joʻnab ketishadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.