Toshkentda karatechilarning Osiyo chempionati

0
62
marta koʻrilgan.

Poytaxtimizda  karate WKF boʻyicha qitʼa birinchiligining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. “Yunusobod” sport majmuasi mezbonlik qilgan tadbirda Osiyo karate federatsiyasi prezidenti, general-mayor Nasir Al Razuqi, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov, Rashid Talipov boshchiligidagi Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Marosimda soʻz olgan Nasir Al Razuqi musobaqa davlatimizning qoʻllab-quvvatlashi bilan yuqori saviyada tashkil etilgani, ishtirokchi davlatlar uchun barcha sharoitlar yaratilganini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, u mamlakatimizda karate tobora rivojlanib borayotganiga alohida toʻxtaldi. Oʻz navbatida, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Prezidentimizning eʼtibori bilan yurtimizda har bir sport turi rivoji, u bilan shugʻullanish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilganini bildirdi.

Shundan soʻng kechki dasturdan oʻrin olgan final bahslariga navbat berildi. Reglamentga koʻra,  musobaqada 16-17, 18-21 yosh toifasidagi sogʻlom sportchilar, shuningdek, para karatechilar oʻrtasida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega boʻldi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.