Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi

0
43
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi. Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kutib oldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bugun, 19 dekabr kuni “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi.

Tadbirda BMT Bosh kotibining yordamchisi Aleksandr Zuyev va xorijiy mamlakatlarning rasmiy shaxslari ham qatnashdi.

Kafti ochiq qoʻl koʻrinishida metalldan ishlangan ushbu oʻn ikki metrlik kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan mutlaq toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.