Toshkentda Moskva muhandislik fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali ochildi

0
392
marta koʻrilgan.

Toshkentda Moskva muhandislik fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universitetining ilk xorijiy filiali ochildi, deb xabar beradi UzA.

Bu yerda yadro energetikasi va issiqlik fizikasi sohasida muhandis-kadrlar tayyorlanadi.

Filialning barcha bitiruvchilari Oʻzbekiston va xorijda birdek tan olinadigan diplom oladilar hamda mamlakatimizning atom tarmogʻidagi korxonalarida ish bilan taʼminlanadilar.

Oʻquv jarayoniga oʻzbek mutaxassislari qatorida Rossiya Federatsiyasi va xorijiy davlatlardagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat boʻyicha koʻp yillik ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali oʻqituvchilar ham jalb etilgan.

Filialga fizika, matematika va rus tilidan imtihon natijalariga koʻra, 100 nafar abituriyent davlat granti asosida oʻqishga qabul qilindiyu

Manba: uza.uz

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.