Toshkentda Tojikiston sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi ochildi

0
118
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon «Oʻzekspomarkaz»da tashkil etilgan ushbu koʻrgazma bilan tanishdi. 

Bu yerda Tojikistonning yuzdan ortiq korxonalari mahsulotlari namoyish etilmoqda. 

Prezidentimizga mazkur korxonalar haqida soʻzlab berildi. Davlatimiz rahbari mahsulotlarning sifati bilan qiziqdi, ishlab chiqaruvchilar bilan suhbatlashdi.

Tashqi savdo va iqtisodiyot mahkamalariga eksport-import aloqalarini kengaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Sanoat korxonalari oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish, tadbirkorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorligini yoʻlga qoʻyish muhimligi qayd etildi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here