Toshkentimizning soʻlim joylari bayramona bezangan. Poytaxt xiyobonlaridagi, tashkilotlar , bogʻcha va maktablar oldidagi, bolalar maydonchalaridagi koʻrkam archalar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshib, bolalaru kattalarning ham dillarini yayratmoqda.
Poytaxtimizning eng koʻrkam maskani Toshkent siti esa yangi yilni birinchi bora qarshilamoqda. Bu yerga oʻrnatilgan muhtasham archa haybatli binolar bilan bellashib, shahar koʻrkiga yanada ulugʻvorlik bagʻishlamoqda.
Ertaklarning qahramonlari , qorqiz va qorbobolar bayram bazmlarini yanada goʻzallashtirib, kichkintoylarga quvonch ulashmoqda.
Yangi yil elimizga, yurtimizga qutlugʻ boʻlsin! Dillar hamisha quvonchlarga toʻlsin!- deya tilaklar bildirib qoladi gujum.uz elektron gazeta jamoasi ham.