Toshkentdagi tumanlardan biriga birinchi marta ayol rahbarlikka tayinlandi

0
347
marta koʻrilgan.

Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ish boshladi. Allabergenova Nilufar Anvarovna 1971 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Qator maʼsuliyatli vazifalarda, shu jumladan, turli yillarda Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida prokuror oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2019 yildan shu kunga qadar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.

Yakkasaroy tuman hokimligida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining II chaqiriq navbatdan tashqari sakson toʻqqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov, Toshkent shahar “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi, senator Rustam Kalanov, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarlari, Toshkent shahar sektor rahbarlari,  tuman hokimi oʻrinbosarlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar hamda Yakkasaroy tumani Kengash deputatlari, tuman faollari va mahalla raislari ishtirok etdilar.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrilib, Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu Toshkentdagi tumanlardan biriga birinchi marta ayol rahbarlik qilishi hisoblanadi. Senat raisi Tanzila Norboyeva Yakkasaroy tumanining ayol hokimini qutladi.

Sessiya davomida Senat raisi Tanzila Norboyeva deputatlar bilan ochiq muloqot tashkil etib, muloqot davomida deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Yakkasaroy tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritgan Anvar Sayfutdinovning faoliyati davomida tumanda olib borgan oʻzgarishlar, aholi turmushida farovonlikni taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlarni eʼtirof etib, Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Nilufar Allabergenovaga bu yoʻldagi ishlarni kengaytirib, aholiga qulayliklar yaratishdagi ishlariga omad tilab qolindi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.