Toshkentdan Xoʻjakentga yangi elektropoyezd yoʻlga qoʻyildi

0
21
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni “Toshkent – Xoʻjakent” yoʻnalishida yangi elektropoyezdni koʻzdan kechirdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbarining oʻtgan yil 10 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilinmoqda. Jamiyat tarkibida infratuzilma, vagon xizmati, yoʻlovchi tashish kabilar bilan shugʻullanuvchi 6 ta mustaqil korxona ish boshladi. 

Poyezdlar parki ham kengaytirilmoqda. Ayniqsa, yoʻlovchi tashishda aholi va turistlarga qulayliklar oshirilmoqda. Yangi poyezdlar olib kelindi. Toshkentdan Samarqand, Buxoro, Qarshi kabi tarixiy shaharlarimizga “Afrosiyob” elektropoyezdlarining qatnovlari koʻpaytirildi. 

Oʻtgan davrda yurtimizda 3 ming kilometrdan ziyod temir yoʻllar elektrlashtirildi. Buxoro – Urganch –Xiva temir yoʻl tarmoqlarini elektrlashtirish yakuniy bosqichda. Miskin – Nukus yoʻnalishida jadal davom ettirilmoqda. Toshkent atrofida ham elektrlashgan yoʻl qurilib,  poyezdlarni oʻtkazish imkoniyati 30 foizga oshdi.

Endi “Toshkent – Xoʻjakent” yoʻnalishida yangi elektropoyezd qatnovga qoʻyilmoqda. Davlatimiz rahbari ushbu poyezdga chiqib, harakatlanishi va qulayliklarini koʻrdi.

Vagonlar shinam va yorugʻ, yoʻlovchilar uchun qulay. Oʻrindiqlar soni 586 ta. Maʼlumot tablolari va yongʻin xavfsizligi tizimi oʻrnatilgan. Poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikka chiqa oladi. Har bir tarafga kuniga uchtadan qatnov yoʻlga qoʻyiladi.

Safar chogʻida davlatimiz rahbari temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, yoʻlovchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, temir yoʻllarni elektrlashtirish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha mutasaddilarning hisobotlarini tingladi.

Toshkent va Xojikent oraligʻidagi temir yoʻlga tutash maydonlarni 2025 yilgi renovatsiya dasturiga kiritib, ularni tartibga keltirishga koʻrsatma berildi. Yoʻnalishdagi egri qismlarni toʻgʻri qilib qayta qurish orqali kunlik ekspress poyezdlar qatnovini koʻpaytirish va koʻproq yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratish topshirildi. 

«Yashil makon» loyihasi doirasidagi ishlar ham muhokama qilindi. Temir yoʻl chetlarini koʻkalamzorlashtirish, suv resurslari cheklangan hududlarda xorijiy tajriba asosida qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimliklarni ekish, chet eldan faqat mahalliy iqlimimizga mos boʻlgan koʻchatlarni keltirish zarurligi qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.