Transport loyihalari boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi

0
15
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni yirik transport infratuzilmasi loyihalari boʻyicha hisobot bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Aholi va iqtisodiyotning oʻsib borayotgan ehtiyojidan kelib chiqib, transport tarmogʻi izchil rivojlantirib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2023 yil 10 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, yoʻl xoʻjaligi sohasi takomillashtirildi, yoʻl qurish, taʼmirlash va ulardan foydalanish koʻlami oshdi.

Mazkur qarorda zamonaviy avtomobil yoʻllarini tashkil etish istiqbollari ham belgilangan edi. Jumladan, oʻtgan vaqtda Jahon banki ishtirokida “Toshkent – Andijon” muqobil yoʻli loyihalashtirildi. Umumiy uzunligi 314 kilometr boʻlgan bu tezyurar magistral foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkentdan Andijonga yetib borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Shuningdek, bu yalpi ichki mahsulotni 2,6 foizga oshirib, avtohalokatlarni 40 foizga kamaytirishi mumkin.

Yaqinda ushbu loyiha boʻyicha xalqaro tender eʼlon qilindi. Qisqa vaqtda unga koʻplab nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirdi.

Yigʻilishda mazkur loyiha boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi. Transport vazirligiga yuklamasi koʻp boshqa yoʻllarda ham muqobil magistrallar qurish, yoʻllarda qulaylik va xavfsizlikni kuchaytirish, turli pullik xizmatlarni tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbariga Birlashgan Arab Amirliklarining “AD Ports Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida “quruq port” tashkil qilish loyihasi toʻgʻrisida ham axborot berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.