Turizm va sport vazirligida Tokio-2020 Tezkor shtabi oʻz faoliyatini boshladi

0
120
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizning sportsevar  ahli, jumladan yoshlar  orziqib kutayotgan Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlari boshlanishiga  sanoqli  toʻrt kun qoldi.

Boʻlajak oʻyinlarning kundalik faoliyatini, shuningdek sportchilarimiz ishtirokini  yoritib borish hamda ular  toʻgʻrisidagi kunlik maʼlumotlarni umumlashtirish maqsadida  Turizm va sport vazirligida tezkor shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi.  Tezkor shtab 2021 yil 17 iyuldan 5 sentyabrga qadar faoliyat koʻrsatdi 

 Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan Oʻzbekiston delegatsiyasi shu yilning 19 iyul sanasida charter reys orqali kunchiqar yurtga joʻnab ketadi.

Tezkor shtab bilan bogʻlanish va kerakli maʼlumotlarni olish uchun (95) 142-73-77; (95) 143-73-77 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.