Taekvondochilarimiz Istanbul shahrida oʻtkaziladigan «Turkish Open» musobaqasida qatnashib, kecha Jasur Boyqoʻziyev boshchiligidagi yigitlarimizning asosiy qismi musobaqadagi ishtirokini oʻtkazdi.
Terma jamoamiz aʼzolari ichida -74kg vazn toifasida janglarda qatnashgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan holda, jarohatiga qaramay, finalga yetib bordi. Afsuski, hamyurtimiz jarohat sabab hal qiluvchi jangda xorvatiyalik raqibga qarshi jangga chiqa olmadi. Shu tariqa, Nikita «Turkish Open» turnirida kumush medal sohibiga aylandi.
Bahslarda ishtirok etgan Shuhrat Salayev chorak finalgacha, Niyoz Poʻlatov va Sardor Toirovlar uchinchi bosqichgacha yetib bordilar.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati