Turkiya Prezidenti Oʻzbekistonga keldi

0
135
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29 mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan rafiqasi bilan birga mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida ularni Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.

Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbari hamrohligida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi. Mehmonga majmuada aks ettirilgan tarix va mazmun haqida soʻzlab berildi.

Taʼkidlash joizki, bu xorijiy davlat rahbari tashrifi chogʻida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida oʻtkazilgan birinchi shunday marosim boʻldi va kelgusida anʼanaga aylanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.