Turkiya Prezidentiga hamdardlik

0
738
views

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani, binolar va infratuzilma obyektlariga katta ziyon yetgani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari butun Turkiya xalqiga, shuningdek, halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda soʻzlarini yetkazishni soʻradi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here