Turkiyaga rasmiy tashrif yakunlandi

0
86
marta koʻrilgan.

Anqara shahridagi samarali Oʻzbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida qator oliy darajadagi tadbirlar oʻtkazildi.

Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv va Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishini oʻtkazdilar.

Muzokaralar yakunida ikki davlat oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya va 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

Prezidentlar ilk bor yetakchi korxona va kompaniyalar rahbarlari bilan qoʻshma uchrashuv oʻtkazdilar.

Davlatimiz rahbarini Turkiyaning oliy davlat mukofoti – «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tashrif tadbirlari yakunlanganidan soʻng, «Esonbugʻa» xalqaro aeroportida Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan va rafiqasi kuzatib qoʻydilar.

Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.