Turkiyalik mehmonlar Xivani ziyorat qildi

0
168
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan Xivadagi Ichan qalʼaga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Maʼlumki, ikki yetakchining ham tarixga qiziqishi, hurmati baland. Davlatimiz rahbari Turkiyaga tashrifi chogʻida Istanbuldagi Topkapi saroyini borib koʻrgan edi. Rejep Tayyip Erdogʻan ilgari yurtimizga kelganida Buxoroni ziyorat qilgan.

Bu qalʼa Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan-bir butun boshli shahar-yodgorlikdir. Uning «ochiq osmon ostidagi muzey» deya eʼtirof etilishi shundan. Bu yerda 120 dan ziyod meʼmoriy obidalar bor.

Xiva shahri 1990 yil 12 dekabrda YUNYeSKO Madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan. 1997 yilda shaharning 2500 yillik yubileyi nishonlangan.

Bu uzun tarix davomida Xiva koʻplab turkiy davlatlarning markazi boʻlgan. U 2020 yilda Turksoy xalqaro tashkiloti tomonidan Turk dunyosining madaniy poytaxti, deb eʼlon qilingan.

Shu jihatdan, Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlarining bu qadimiy shaharga tashrifi katta maʼnoga ega. 

Mehmonlar Ichan qalʼadagi Ota darvoza, Koʻk minora, Koʻhna ark saroyi va madrasalar, hunarmandlik rastalarini koʻzdan kechirdi. Pahlavon Mahmud maqbarasi, Juma masjidi ziyorat qilindi. 

Davlat rahbarlari hunarmandlar, sayyohlar bilan samimiy suhbatlashdi. 
Xorazmcha qoʻshiq va raqslar ijrosi barchaga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi. 

Xivaning davlatchilik va ilm-fan rivojida tutgan oʻrni, qadimiy obidalari va sanʼati turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.