Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi

0
101
marta koʻrilgan.

Bugun, 18 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, koʻp qirrali hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy, energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida kengaytirish masalalarini batafsil muhokama qildilar.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashishni taʼminlash va uning ikki tomonlama aloqalarga salbiy taʼsirini oldini olish maqsadida hukumatlar darajasida samarali hamkorlik qilish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot soʻngida Prezidentlar bir-birini hamda qardosh Oʻzbekiston va Turkmaniston xalqlarini kirib kelayotgan bahor, baxt-saodat va yangilanish ayyomi — Navroʻz bilan samimiy qutladilar.

Ushbu fayzli bayram asrlar osha mustahkam doʻstlik, tarixi va madaniyati mushtarakligi, tili, anʼana va urf-odatlari oʻxshashligi bilan chambarchas bogʻlangan xalqlarimiz maʼnaviy hayotining ajralmas qismi ekani qayd etildi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga tinchlik, ezgulik va farovonlik tiladi. Bugungi mushkul davrda Turkmaniston har tomonlama koʻmaklashishiga va yangi xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etishga tayyor ekani alohida taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.