Turkmaniston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi

0
113
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov joriy yil 4-5 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

Boʻlajak oliy darajali uchrashuv kun tartibiga Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash masalalari kiritilgan.

Asosiy eʼtibor savdo, transport va tranzit, energetika sohalaridagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat, qishloq va suv xoʻjaligida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv boʻyicha qoʻshma dasturlarni amalga oshirishga qaratilishi kutilmoqda.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama tadbirlar, shu jumladan Iqtisodiy forum oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonotini qabul qilish, koʻp qirrali sheriklikni jadallashtirishga qaratilgan hujjat va shartnomalarning salmoqli toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.