Turkmaniston Prezidenti tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi

0
115
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28 noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Davlat rahbarlari oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qiladilar hamda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qoʻshma loyihalar amalga oshirilishining borishini koʻrib chiqadilar.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Turkmaniston Prezidenti 29 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.