Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbari hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoʻydi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari ertaga, 5 oktyabr kuni Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtadi.