Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan «Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni «Turonbank» ATBda samarali mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarga ham topshirildi.
– Ushbu eʼtirof bizlarning kelgusi faoliyatlarimizga oʻziga hos motivatsiya boʻladi. Vatanimizning gullab-yashnashiga, bank sohasini yanada yuksaltirishga fidokorona mehnatimiz, samarali faoliyatimiz bilan munosib hissa qoʻshaveramiz, –deydi Nargiza Saʼdullayeva.
Bayram va eʼtiroflar barchaga muborak boʻlsin, xonadoningiz nurga toʻlsin!
GUJUM.uz