Tursunzodaliklar Oʻzbekiston Prezidentini tantana bilan kutib oldi

0
92
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Emomali Rahmon hamrohligida Tojikistonning Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi. Shaharga kiraverishda minglab aholi jam boʻlib, davlatimiz rahbarini katta xursandchilik, tantana bilan kutib oldi. Milliy kuy-qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi.

Oʻzbekiston Prezidentining qoʻshni davlatlar bilan ochiqlik, bagʻrikenglik siyosati hamma tojikistonliklar qatori Tursunzoda aholisiga ham katta quvonch bagʻishlagan.

Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifi chogʻida imzolangan Davlat chegarasi boʻyicha shartnoma hamda Fuqarolarning oʻzaro qatnovi toʻgʻrisida bitim xalqlarimiz hayotida ulkan ahamiyatga ega boʻldi. Chegaradan oʻtkazish punktlari faoliyati qayta tiklangani, aholining bordi-keldisi uchun oʻttiz kungacha vizasiz tartib joriy etilgani, avtotransport va samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgani odamlarga keng qulayliklar yaratmoqda.  

Prezidentimiz “Oʻzi davlat nima uchun kerak? Odamlarga sharoit yaratish, xalqqa xizmat qilish uchun kerak” deya koʻp taʼkidlaydi. Bugun davlatimizning ichki va tashqi siyosati, jumladan, qoʻshni mamlakatlar bilan munosabatlaridagi oʻzgarishlar ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.