U-23 Osiyo chempionati. Oʻzbekiston Vyetnamni yengib, tarixda 1-marta chempionlikka erishdi

0
136
marta koʻrilgan.

Xitoyda 23 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati finali oʻz yakuniga yetdi.

Finalda Oʻzbekiston terma jamoasi Vyetnamga qarshi bahs olib bordi. 8-daqiqada burchakdan oshirib berilgan toʻpni Rustam Ashurmatov boshi bilan darvozaga aniq yoʻllab hisobni ochdi. Keyin Vyetnam terma jamoasi hujumchisi Nguyen Xay jarimadan aniq zarba yoʻllab, hisobni tenglashtirdi.

Birinchi boʻlim 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi. Ikkinchi boʻlim kuchli qor tufayli 50 daqiqaga kechiktirildi. Oʻyinning asosiy vaqtida hisob oʻzgarmadi. Navbat ikkita ekstra taymlarga yetdi. 2-qoʻshimcha boʻlimning soʻnggi daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Andrey Sidorov burchakdan oshirib berilgan toʻpni darvozaga aniq yoʻllab, Oʻzbekistonga chempionlikni taqdim qildi.

U-23. Osiyo chempionati. Final.
Vyetnam — Oʻzbekiston 1:2

Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasi Matbuot xizmati xabari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.