Uch nafar atletimiz Tokio-2020 normativiga juda yaqin keldi

0
387
views

Poytaxtimizda yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston ochiq kubogi boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqaning birinchi kun dasturi koʻplab hayajonli lahzalarga boy boʻldi. Jumladan, hamyurtlarimiz Nigina Sharipova 100 metrga yugurish, Nadiya Dusanova va Svetlana Radzivil balandlikka sakrash sektorida Tokio Olimpiadasining normativlarini bajarishga juda yaqin kelishdi.

Sharipovani bunday natijadan atigi 0.18 soniya, Radzivil va Dusanovani 5 sm. ajratib qoldi. Shunday boʻlsada, bu koʻrsatkich reyting orqali yoʻllanma olishda imkon taqdim qilishi mumkin. 

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here