Uch nafar yurtdoshimiz  Markaziy Osiyoning eng goʻzal xonandalari roʻyxatiga kiritildi

0
456
views

Xitoyning “Yangi buyuk ipak yoʻli” nashri maʼlumotiga koʻra Oʻzbekistonning uch nafar xonandasi Markaziy Osiyoning eng goʻzal xonandalari roʻyxatiga kiritildi.

 Reytingdan yurtdoshlarimiz — Shahzoda, Rayhon va Lola Yoʻldasheva joy olishdi.

Shuningdek, roʻyxatda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonning  eng mashhur qoʻshiqchilari nomlari ham  keltirilgan.

Reyting mualliflari Markaziy Osiyo nafaqat oʻzining goʻzallari bilan, balki isteʼdodli xonandalari bilan ham mashhurligini taʼkidlab, TOP-13 xonandaning roʻyxatini taqdim etishdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here