Joriy yilning may oyida Gretsiyada shaxmat boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda hamyurtimiz Umida Omonova ham qatnashib, birinchilar safidan oʻrin oldi.
Albatta, ushbu yutuq mamlakatimizda sportni rivojlantirishga, yoshlar hamda oʻsmirlarning kamolatiga boʻlgan gʻamxoʻrlik va eʼtiborning samarasi desak arziydi.
Jahon chempioni Umida Omonovani tantanali kutib olish marosimida Oʻzbekiston Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari O.Parpiboyeva, Yakkasaroy tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi D.Ismoiljonova va mahallalarning faol xotin-qizlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
GUJUM.UZ sayti tahririyati Umida Omonovani mamlakatimizning iftixori boʻlganligi bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida ham zafarlar tilab qoladi.
Foto Yakkasaroy tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi kanalidan olindi.