Urganch davlat universitetida ijodiy uchrashuv

0
86
marta koʻrilgan.

Urganch davlat universitetida bugun Sport va sanʼat fakulteti 1-bosqich talabalari bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, publitsist, adib va tarjimon Bahodir Bobojonov bilan boʻlib oʻtgan ijodiy uchrashuvni fakultet tyutori Marks Quramboyev olib bordi.

Tadbirda B. Bobojonov oʻzining hayot va ijod yoʻli, soʻnggi yillarda nashrdan chiqqan «Siz ham sevingaysiz, men ham»,  » Choʻh goʻzal Ozarbayjon «,  «Najot suvlari» shuningdek, ingliz mumtoz adibi Jek London ijodidan tarjimalari jamlangan «Hayot qonuni» kitoblarining yozilish tarixi haqida talabalarga gapirib berdi.

Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berib, universitetning maʼnaviy -maʼrifiy ishlariga oʻzining munosib hissasini qoʻshdi. 

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.